DEPUTAT TASHABBUSI BILAN UCHQUDUQDA YANGI GUL DO‘KONI ISH BOSHLADI
2026-09-21 16:40:00 / Mehnat va bandlik
Kambag‘allikni qisqartirishning eng to‘g‘ri va mustahkam yo‘li — fuqaroning tadbirkorlik tashabbusini qo‘llab-quvvatlash va mustaqil daromad topishi uchun sharoit yaratib berishdir.

Uchquduq tumani Kengashi deputati Malika Xudoyberdiyeva yoshlar va aholi bandligini ta’minlash borasida aniq amaliy ish olib bormoqda.
Deputat sa’y-harakati bilan “Abay” mahallasida yashovchi fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 50 mln.so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i ajratildi.
Ajratilgan mablag‘ evaziga hududda yangi gul do‘koni qurilib, to‘liq ishga tushirildi. Buning natijasida yosh fuqaro mustaqil daromad manbaiga ega bo‘ldi.
