2026-YILDA SPORT SOHASIDA ERISHILGAN NATIJALAR
2026-09-18 09:40:00 / Ijtimoiy sohaga oid statistik ma'lumotlar

Ommaviy sport va yoshlar qamrovi:
🏃 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalarida ishtirok etish maqsadida onlayn platforma orqali 117 ming nafar yosh ro‘yxatdan o‘tib, ommaviy sport musobaqalarida ishtirok etdi.
🏅 Aholini ommaviy sportga qamrov darajasi 21 foizga yetkazildi.
🏫 Umumta’lim maktablarida tashkil etilgan sport klublarida shug‘ullanuvchilar soni 13,4 ming nafarga yetkazildi.
💪 Sport ta’lim muassasalarida doimiy shug‘ullanuvchilar soni 20 ming nafardan oshirildi.
🎽 Sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar:
Sport musobaqalari ishtirokchilari uchun 1,9 mlrd so‘mlik 16,2 ming komplekt sport formasi, mahallalar uchun esa 360 mln so‘mlik 4 turdagi 2,5 mingta sport jihozi yetkazib berildi.
Shuningdek, viloyatdagi 17 ta sport maktabi sportchilari 895 mln so‘mlik sport jihozi bilan ta’minlandi.
🏅 Xalqaro va respublika musobaqalarida yuqori natijalar:
“Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarining viloyat bosqichida 19 ta sport turi bo‘yicha 2 ming nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Viloyat bosqichida ishtirok etgan sportchilarning 301 nafari Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
716 nafar sportchi O‘zbekiston Milliy terma jamoalari tarkibiga qabul qilindi.
🥇 2026-yilning birinchi yarim yilligida viloyat sportchilari tomonidan jami 1 063 ta medal qo‘lga kiritildi:
🥇 328 ta oltin
🥈 325 ta kumush
🥉 412 ta bronza
🌍 E’tiborga molik natijalar
🤼 Yunon-rum kurashi bo‘yicha Jahon chempionatida U-17 yosh toifasida Hasanov Bunyod oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra Jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
🛶 Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatida Mavlonova Shahrizoda oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
🏃 Para yengil atletika bo‘yicha Gran-pri musobaqasida Akobirov Jamoliddin oltin medalga sazovor bo‘ldi.
🏊 Para suzish bo‘yicha Jahon seriyasi musobaqalarida Baxtiyorov Sardor va Mirmanov Dias oltin medallarni qo‘lga kiritdi.
🏋️ Para pauerlifting bo‘yicha Osiyo chempionatida Eshboyev Umid 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
🏋️♀️ Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida Abdumutalova Marjona oltin medalga sazovor bo‘ldi.
🤸 Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida Temirxonov Axrorxon bronza medalni qo‘lga kiritdi.
🏟 Sport infratuzilmasi rivojlanmoqda.
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida umumiy qiymati 4,2 mlrd so‘mlik 3 ta sport ob’yekti foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, umumiy qiymati 9,5 mlrd so‘mlik 6 ta sport inshootida qurilish-ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
📈 Sportda yangi marralar sari!
Erishilgan natijalar — sportchilar, murabbiylar va soha vakillarining fidokorona mehnati samarasidir. Oldinda yanada yuksak maqsadlar, yangi musobaqalar va yangi g‘alabalar turibdi!
Birgalikda — sog‘lom avlod, ommaviy sport va yuksak natijalar sari!





