"Ta’limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi
2026-09-17 11:55:00 / Ta'lim

Mazkur anjuman ta'lim tizimiga zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish, pedagog kadrlar intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda sohadagi mavjud dolzarb muammolarni ilmiy jihatdan tahlil qilish va ularning yechimlarini belgilashga bagʻishlandi.
Anjuman doirasida mamlakatimizning turli vazirlik va idoralari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy ta'lim va hududiy pedagogik mahorat markazlari vakillari, shuningdek, xorijiy davlatlardan nufuzli olimlar va mutaxassislar oʻzlarining maʼruzalari bilan onlayn va offlayn formatda qatnashdilar.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi boshqarma boshligʻi, t.f.n., dotsent Anvar Bahromov va Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Oʻktamjon Mardanov anjumanni kirish soʻzi bilan ochib berishdi.
Yalpi majlisda bir qator yetakchi mutaxassislarning dolzarb mavzulardagi chiqishlari tinglandi.
🔵Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi xorijiy maslahatchisi, filippinlik Bernardo Melchor – “Xorij taʼlimidagi innovatsiyalar”;
🔵 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi boshqarmasi bosh mutaxassisi Qodir Karimberdiyev – “Oʻzbekiston tayanch oʻrta taʼlimida oʻqish savodxonligining amaldagi holati va mavjud muammolar”;
🔵 Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Samarqand hududiy filiali direktori, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori Shaxriyor Xolbayev – “Intellektual salohiyatni rivojlantirish va inson kapitalini shakllantirishning dolzarb masalalari”;
🔵 Navoiy innovatsiyalar universiteti "Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari" kafedrasi mudiri, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Behzod Yarkulov – “Sunʼiy intellekt va noravshan kognitiv modellashtirish asosida raqamli taʼlim sifatini baholash va boshqarish modeli”;
🔵M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti Falsafa kafedrasi dotsenti, PhD Anarkul Yesimova – “Сохранение национальной идентичности и духовного наследия в условиях развития искусственного интеллекта”;
🔵 A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti "Ta'lim menejmenti" kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Dilnoza Yusupova – “Maktab direktorlarining boshqaruv koʻnikmalarini sinergetik yondashuv asosida rivojlantirishning innovatsion mexanizmi”;
🔵 Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi "Fanlarni rivojlantirish bo'limi" boshlig'i Sharofiddin Abdurashidov – oʻquv jarayonlarini xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish yoʻnalishida;
🔵 Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Xorijiy tillar maktabi oʻqituvchisi Mavluda Kengboyeva – oliy taʼlimda investitsiyalarni jalb etish va intellektual salohiyatni takomillashtirish masalalari yuzasidan;
🔵 Navoiy viloyat pedagogik mahorat markazi Pedagogika, psixologiya va ta'lim texnologiyalari kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori Faxriddin Roʻziqulov – milliy va umuminsoniy qadriyatlarning oʻquvchi shaxsining psixologik rivojlanishiga taʼsiri haqida;
🔵A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti metodisti, “ZOʻR!” (“KLASS!”) loyihasi ishtirokchisi Nuriya Iksanova – “Современные методы преподавания русского языка как иностранный” mavzusida;
🔵 Navoiy viloyat pedagogik mahorat markazi "Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi" kafedrasi mudiri Jahongir Poʻlatov – barqaror jamiyatni barpo etishda inson kapitali va ijtimoiy ratsionalizatsiyaning oʻzaro aloqadorligi yuzasidan, kafedrasi dotsenti Laziza Muhamadiyeva esa – tarix darslarida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari boʻyicha muhim taklif va tavsiyalar berishdi.
Anjuman qizgʻin bahs-munozaralar, savol-javoblar va amaliy takliflarga boy tarzda oʻtib, ishtirokchilarga oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olish va tajriba almashish imkoniyatini yaratdi.



