NUROTADA ZAMONAVIY JAMOAT PARKI BARPO ETILMOQDA
2026-09-15 14:10:00 / Aqlli shahar
Nurota tumani "Mustaqillik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida zamonaviy jamoat parkini barpo etish ishlari jadal davom etmoqda.

Jarayonni ko‘zdan kechirish maqsadida Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov, viloyat hokimining o‘rinbosari Akbar Niyozov hamda Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev hududda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
🏞 Loyiha doirasida 1,5 kilometr uzunlikdagi salomatlik yo‘lagi qurilib, tungi yoritish tizimi, yashil zonalar tashkil etildi, sug‘orish tarmoqlari tortildi, favvora va zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatildi.
🌿 Natijada mahalla aholisi uchun sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish va oilaviy hordiq chiqarishga mo‘ljallangan, ko‘kalamzorlashtirilgan, yoritilgan va zamonaviy infratuzilmaga ega qulay jamoat maskani yaratiladi.




