Navoiyda 22 mingdan ziyod bola 1-sinfga qabul qilindi
2026-09-08 10:35:00 / Ijtimoiy sohaga oid statistik ma'lumotlar

O‘tgan o‘quv yilida umumta’lim maktablarini 12 213 nafar o‘quvchilar 11-sinfni bitirib, ularning 90,7 foizi oliy ta’limga kirish uchun hujjat topshirib test sinovlarida ishtirok etdi.
Test sinovlarida ishtirok etgan 110301 nafar o‘quvchilarning o‘rtacha balli 112,8 ballni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan (o‘tgan yili 93,2 ball) 19,5 ballga OSHDI.
Bitiruvchilarining 579 nafar maksimal189 ballni qo‘lga kiritib muddatidan oldin talabalik safiga qabul qilinganligi, barchamizni birdek quvontirib, o‘tgan yilga nisbatan 270 nafarga oshgani respublikada eng yaxshi ko‘rsatkich sifatida baholandi.
Shuningdek, joriy yil Navoiy viloyati maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish va o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari bo‘yicha Respublikada birinchilikni egalladi.


