Maktablar infratuzilmasi yaxshilanmoqda
2026-09-02 10:25:00 / Ijtimoiy sohaga oid statistik ma'lumotlar

Xususan, 60 ta umumta’lim maktablarida (3 ta yangi qurilish, 39 ta rekonstruksiya, 9 ta mukammal ta’mirlash) qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi natijasida 6 200 ta o‘quvchi o‘rni yangidan yaratilgan bo‘lsa, 16 806 ta mavjud o‘quvchi o‘rni mukammal ta’mirlanishiga 146 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Buning natijasida viloyatdagi maktablarning quvvati 1,0 ga tushirilib, 2,5 va 3 koeffisiyentda ishlaydigan maktablar to‘liq tugatildi.
O‘tgan o‘quv yili maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida respublika va mahalliy byudjetning 9,0 mlrd.so‘m mablag‘lari hisobidan 1 033 dona kompyuter, 74 dona elektron doskalar olib berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berilishini yanada yaxshilash maqsadida umumta’lim maktablarining kutubxona fondi boyitildi. Umumta’lim maktablarini darslik va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlashda ham qator ishlar olib borilmoqda.



