Navoiy viloyati delegatsiyasi Misrda: yangi hamkorlik ufqlari
2026-09-15 10:25:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati kabi quruq iqlimli hududlarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda Misr tajribasi muhim ahamiyatga ega. Tashrif davomida cho‘l hududlarini o‘zlashtirish, suvni tejovchi zamonaviy sug‘orish texnologiyalaridan foydalanish, chorvachilik va yem-xashak bazasini shakllantirish, yaylovlarni samarali boshqarish hamda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha tajribalar o‘rganiladi.
🌱 Mazkur tajribalarni Navoiy viloyati sharoitiga moslashtirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish hamda yangi qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
✈️Bizni kuzatib boring, tashrif tafsilotlari va erishilgan kelishuvlar haqida batafsil ma’lumot berib boramiz.
