YANGILANGAN POLIKLINIKA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2026-09-04 10:10:00 / Sog'liqni saqlash

Bayram oldidan esa hududlarda o‘nlab yangi ob’yektlar foydalanishga topshirilmoqda. Bugun ham shunday ob’yektlarning bir nechtasi ishga tushirildi.
Joriy yilgi bayramni hududdagi Zarmetan mahallasi aholisi o‘zgacha ruhda kutib olmoqda. Chunki joriy yilning o‘tgan davrida Zarmetan mahallasida 30 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘lar evaziga
- 17 km. ichki yo‘llar asfaltlashtirildi;
- 19,2 km. yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi;
- 20 km. elektr tarmoqlari yangilanib, 6 ta yangi transformatorlar o‘rnatildi;
- 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining mavjud 670 o‘rinli blogi mukammal ta’mirlanib, qo‘shimcha 240 o‘rinli o‘quv blogi qurildi;
- Hududdagi mavjud sport inshooti zamonaviy tarzda rekonstruksiya qilinmoqda;
- Aholiga tunu kun xizmat ko‘rsatuvchi 24/7 ko‘cha tashkil etilmoqda.
Shu bilan birga, bugun tegishli dastur asosida 2,2 mlrd. so‘m mablag‘lar evaziga mavjud 75 qatnovli binosi mukammal ta’mirlanib, qo‘shimcha 30 qatnovli bino qurilgan 19-oilaviy poliklinikasi ham foydalanishga topshirildi.
Tadbirda tuman hokimi Bekzod Bobomurodov so‘zga chiqib, barchani qo‘shaloq bayramlar bilan tabriklab, Zarmetan mahallasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Jarayonda ramziy lentalar qirqilib, tadbir ishtirokchilari yangilangan poliklinika bilan, undagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.



