NAVOIY XALQARO AEROPORTI VA GONGKONGLIK YIRIK INVESTITSIYA KOMPANIYASI O‘RTASIDA STRATEGIK ALYANS TUZILDI!
2026-09-11 10:00:00 / Yangiliklar

Mazkur kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevraldagi PQ–50-son “Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, Navoiy xalqaro aeroportining xalqaro transport-logistika tizimidagi o‘rnini yanada mustahkamlash hamda yangi strategik hamkorlik loyihalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kelishuv doirasida - xalqaro yuk oqimlari kengaytiriladi, e-commerce va ekspress yetkazib berish loyihalari rivojlantiriladi, sovuq zanjirli logistika (cold chain) yo‘lga qo‘yiladi, avtomobil sanoati yuklari hamda og‘ir va yirik hajmli yuklar uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi, temir yo‘l–aviatsiya tashuvlari rivojlantiriladi, Navoiy erkin iqtisodiy zonasida xalqaro logistika va elektron tijorat markazi tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilinadi.
🌏 Eng katta maqsad esa — Navoiy xalqaro aeroportini Yevropa, Janubiy Osiyo va Xitoyni bog‘lovchi strategik multimodal logistika xabiga aylantirish! Bu esa — yangi yuk oqimlari, yangi logistika operatorlari, yangi aviakompaniyalar va yangi imkoniyatlar birlashuvidir!

