“Jamoamizda korrupsiyaga o‘rin yo‘q” mavzusida ochiq davra suhbati o‘tkazildi
2026-09-03 15:15:00 / Yangiliklar
Navoiy garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar uchun Payshanba — profilaktika kuni munosabati bilan “Jamoamizda korrupsiyaga o‘rin yo‘q” mavzusida ochiq davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilar o‘rtasida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, qonuniylik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, xizmat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa salbiy holatlarning oldini olishdan iborat bo‘ldi.
Ochiq muloqot davomida korrupsiya nafaqat qonunbuzarlik, balki jamoada o‘zaro ishonch, adolat va xizmat intizomiga putur yetkazuvchi illat ekani alohida ta’kidlandi. Har bir harbiy xizmatchining o‘z xizmat vazifasiga halol va vijdonan yondashishi, berilgan vakolat va imkoniyatlardan faqat qonun doirasida foydalanishi muhimligi haqida fikrlar bildirildi.


