“DIQQAT, BOLALAR!” — YO‘LLARDA BOLALAR XAVFSIZLIGI E’TIBORDA!
2026-09-09 09:40:00 / Yo'l harakati xavfsizligi
Joriy yilning 2-sentyabridan 22-sentyabriga qadar respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Diqqat, bolalar!” tadbiri doirasida Navoiy shahridagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — voyaga yetmaganlar o‘rtasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, o‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda yo‘llarda xavfsiz harakatlanish madaniyatini oshirishdan iborat.



