AHOLI BANDLIGI VA DAROMADINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
2026-09-09 12:05:00 / Mehnat va bandlik
Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev "Nurfaxr" mahallasida bo‘lib, Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan xonadonlarni xatlovdan o‘tkazish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida har bir xonadonning ijtimoiy-iqtisodiy holati, oila a’zolarining bandligi, mavjud daromad manbalari hamda qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlari tahlil qilindi.
Ayniqsa, ishsiz fuqarolarni doimiy ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish va oilaviy daromad manbalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tuman hokimi mas’ullarga har bir xonadon kesimida aniq reja ishlab chiqish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aniqlangan muammolarni shunchaki qayd etib qolmasdan, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish vazifasini belgiladi.


