Cho‘l hududlarida yaylov yerlardan samarali foydalanish va suv ta’minotini yaxshilash masalalari muhokama qilindi
2026-09-08 17:15:00 / Yangiliklar

Unda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, tegishli mutasaddi rahbarlar, soha mas’ullari hamda mahalliy mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirda cho‘l hududlaridagi yaylov yerlarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish orqali ulardan unumli foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, mazkur hududlarda tik quduqlar qazish, mavjud suv manbalaridan oqilona foydalanish va suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilanishi ta’kidlandi.
Shuningdek, suv resurslaridan tejamkor va samarali foydalanish maqsadida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, ular yordamida chorvachilik uchun zarur bo‘lgan ozuqa ekinlarini yetishtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Bu orqali cho‘l hududlarida chorvachilikni rivojlantirish, yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda chorva mollari uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratish maqsad qilingan.
Yig‘ilish davomida, shuningdek, Kengsoy kanalini qurish loyihasi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Loyihaning maqsadi, amalga oshirish bosqichlari, suv ta’minotidagi ahamiyati va hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishga ta’siri yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Mazkur kanal qurilishi orqali hududda suv resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish ko‘zda tutilmoqda.


