Investitsiya loyihalari ijrosi tanqidiy muhokama qilindi
2026-09-07 09:10:00 / Yangiliklar

Yil yakuniga qadar 602 ta investitsiya loyihasini ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lsa, bugungi kunga qadar 325 tasi amalga oshirilgan. Ayniqsa, Xatirchi, Karmana, Navbahor, Nurota va Uchquduq tumanlarida yirik investitsiya loyihalarini ishga tushirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi.
Mas’ul rahbarlarga yilning qolgan oylarida loyihalarni jadallashtirish, har bir loyiha ijrosini kunlik nazoratga olish va yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish bo‘yicha qat’iy vazifalar belgilandi.
Shuningdek, tuman-shahar hokimliklari va tijorat banklariga sentyabr–dekabr oylarida ishga tushiriladigan hamda 2027-yilda amalga oshiriladigan loyihalarni shakllantirib, taqdimot qilish vazifasi topshirildi.


