“Hokim soati”: ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash masalasi tanqidiy muhokama qilindi
2026-09-07 09:25:00 / Yangiliklar

Xususan, Edo.ijro.uz elektron tizimi orqali nazoratda turgan hujjatlar ijrosi hamda avvalgi yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlarning bajarilishi tanqidiy ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijroni belgilangan muddatlarda ta’minlash, har bir vazifa natijadorligi uchun shaxsiy mas’uliyatni oshirish bo‘yicha ogohlantirildi.
Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashdagi kamchiliklarga ham alohida e’tibor qaratildi. Aholi murojaatlarining ko‘payishiga asosiy sabablardan biri — fuqarolar muammolarini mahallalarning o‘zida o‘rganish va hal etish ishlari yetarli darajada tashkil etilmayotgani ta’kidlandi.
Yig‘ilishda rahbarlarga har bir topshiriq ijrosini shaxsiy nazoratga olish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, sayyor qabullarni samarali tashkil etish hamda aholi muammolarini joyida hal qilish bo‘yicha qat’iy vazifalar belgilab berildi.



