NAVOIY TA’LIMDA YANA LIDER! OLIY TA’LIMGA KIRISHDA REKORD NATIJA!
2026-08-25 16:50:00 / Ta'lim
Navoiy viloyati bitiruvchilarining 52,5 foizi talaba bo‘ldi!

So‘nggi 3 yilda mamlakatimiz bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan bitiruvchilar soni +3,5 foizga oshgan bo‘lsa, Navoiy viloyati rekord natija bilan respublikada mutlaq 1-o‘rinni egalladi!
👉 Oliy ta’limga kirish bo‘yicha TOP-3 hudud:
🥇 Navoiy viloyati — 52,5% (har ikkinchi bitiruvchi talaba!)
🥈 Buxoro viloyati — 37,9%
🥉 Jizzax viloyati — 35,9%
😟 Bilimli va intiluvchan Navoiy yoshlari hamda ularning fidoyi ustozlarini ushbu ulkan zafar bilan tabriklaymiz!
