Oq yo‘l Sizga, aziz bitiruvchilar!
2026-07-27 13:00:00 / Yangiliklar
Bugun Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirida bitiruvchilar, ota-onalar, professor-o‘qituvchilar hamda universitet jamoasi ishtirok etdi.

Marosimda so‘zga chiqqan “NKMK” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktori Quvondiq Sanaqulov, Navoiy viloyati prokurori Abduqahhor Mullajonov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Azat Tasbayev, NDKTU rektori Baxtiyor Mardonov hamda Navoiy davlat universiteti rektori Muxiddin Kalonov bitiruvchilarni samimiy tabriklab, ularga kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilashdi.
Shundan so‘ng bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Ushbu unutilmas kun barchaga o‘zgacha ko‘tarinkilik baxsh etdi.



