Temir yo‘l atrofi hududlarini zamonaviy qiyofaga keltirish ishlari muhokama qilindi
2026-07-22 09:55:00 / Yangiliklar

Ma’lum qilinganidek, viloyat hududidan qariyb 80 kilometr masofada temir yo‘l o‘tadi. Shu munosabat bilan temir yo‘l yoqalarida joylashgan binolarning fasad qismini zamonaviy ko‘rinishga keltirish, muhandislik infratuzilmasini tartibga solish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar joyida muhokama qilindi.
Viloyat rahbari hududlarning tashqi ko‘rinishi viloyatning umumiy imiji va investisiyaviy jozibadorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab, har bir ob’yekt bo‘yicha aniq rejalar asosida ish tashkil etish, belgilangan muddatlarda sifatli natijaga erishish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini kompleks yondashuv asosida amalga oshirish hamda hududlarning me’moriy qiyofasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.




