SARDOBAda zamonaviy oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi
2026-07-19 13:15:00 / Sog'liqni saqlash

Mazkur maskan 2 milliard 400 million so‘m mablag‘ evaziga qurilib, zamonaviy tibbiy standartlar asosida jihozlandi. Avvalgi bino yillar davomida eskirib, bugungi talab va ehtiyojlarga javob bermay qolgan edi.
Endilikda esa yorug‘, shinam va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi tibbiyot maskani 6,5 ming nafardan ortiq aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Ushbu loyiha orqali aholining birlamchi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati kengaydi, shifokorlar uchun zamonaviy ish sharoiti yaratildi, tibbiy xizmat sifati va samaradorligi yanada oshadi, eng muhimi, yillar davomida aholini qiynab kelgan eski bino muammosiga barham berildi.
Inson qadri ustuvor bo‘lgan Yangi O‘zbekistonda har bir mahallaga zamonaviy infratuzilma kirib bormoqda. Sardobadagi yangi oilaviy shifokorlik punkti ham ana shu ezgu islohotlarning amaliy ifodasidir.


