Navoiy viloyati hokimi fuqarolar murojaatlarini qabul qildi
2026-07-16 09:55:00 / Yangiliklar

3 soat davom etgan shaxsiy qabul jarayonida viloyat rahbari aholini tashvishga solayotgan masalalar, taklif va muammolarni birma-bir tingladi.
Murojaatlarning aksariyati uy-joy ta’minoti va kommunal xizmatlar, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam, kredit olish, ishga joylashish hamda sog‘liqni saqlash kabi masalalarni qamrab oldi.
Qabul davomida jami 20 ga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu masalalarning 6 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgani esa qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etganligi sababli tegishli tartibda ko‘rib chiqish jarayoniga olindi.
Maqsad — xalqni rozi qilish, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish va ularning turmush darajasini oshirishga ko‘maklashishdir.


