NAVOIY VILOYATI HOKIMI SMEC KOMPANIYASI VAKILLARINI QABUL QILDI
2026-07-15 20:05:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida viloyatda irrigatsiya tizimini yanada takomillashtirish, suv resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, Navoiy xalqaro aeroporti faoliyatini rivojlantirish va uning logistika salohiyatini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda istiqbolda SMEC kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatining investitsiyaviy, sanoat va turizm salohiyatini xalqaro maydonda keng targ‘ib etish maqsadida Germaniya hamda Fransiya davlatlarida viloyat taqdimotlarini tashkil etish rejalari ham muhokama qilindi.
Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Ma’lumot uchun, SMEC — muhandislik va infratuzilma sohasida faoliyat yurituvchi Belgiyaning xalqaro konsalting kompaniyasi. U 40 dan ortiq mamlakatda yirik loyihalarni amalga oshirgan bo‘lib, O‘zbekistonda 1999 yildan buyon suv xo‘jaligi, energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash va davlat boshqaruvi sohalarida faoliyat yuritib kelmoqda.


