Navoiyda IT sohasini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
2026-07-10 11:00:00 / Yangiliklar
Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Raqamli texnologiyalar vazirining maslahatchisi Jamshid Egamberdiyev hamda IT Park Uzbekistan bosh direktori Azamat Karamatovni qabul qildi.

Uchrashuv davomida Navoiy shahrida zamonaviy IT Park kompleksini barpo etish, hududga eksportyor IT-kompaniyalarni jalb qilish, raqamli xizmatlar ekotizimini yanada rivojlantirish hamda sohadagi investitsiyaviy imkoniyatlarni kengaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, qurilishi rejalashtirilayotgan IT Park majmuasining loyiha taqdimoti ko‘rib chiqilib, uni amalga oshirishning tashkiliy va amaliy jihatlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.





