Dronlar paxta parvarishida: Xatirchida zamonaviy agrotexnologiyalar sinovdan o‘tmoqda
2026-07-08 09:45:00 / Yangiliklar
Xabaringiz bor, tumandagi “Sulaymon Sayqali” fermer xo‘jaligi dalalarida Xitoyning Shinjon texnologiyasi asosida iqlimga chidamli va serhosil “XinLuZao-87” navli urug‘lik chigit ekilgan edi.

Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu dalalarda yetishtirilayotgan g‘o‘zani parvarish qilishda ham an’anaviy usullardan voz kechilib, zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilmoqda.
Jumladan, bugun paxta dalasiga dron yordamida turli ozuqalar (mikroelementlar) va zararkunandalarga qarshi kimyoviy vositalar sepilmoqda.
🛸 Dron yordamida purkashning afzalliklari nimada?
Vaqt va resurs tejalishi: Oddiy texnikalarga qaraganda bir necha barobar tezroq ishlov beriladi;
Yuqori samaradorlik: Dorilar g‘o‘za bargining ostki va ustki qismiga bir tekisda yetib boradi;
Paxta hosilini asrash: Traktorlar kabi g‘o‘za qatorlariga zarar yetkazmaydi ва nishollarni bosib ketmaydi.


