BOYMURODLIKLARGA BAYRAM TUHFASI
2026-07-03 10:55:00 / Sport va madaniyat
Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Konimex tumani chegaraoldi hududida joylashgan ovul - "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla"ga aylanayotgan "Boymurod" ovul fuqarolar yig'inida yangidan barpo etilgan sun'iy qoplamali usti yopiq zamonaviy stadion foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari M.Tulegenov, ovul nuroniylari va yoshlari, sportchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
So'zga chiqqanlar barchani ushbu sport maskani ochilishi bilan tabrikladi va nuroniylar ishtirokida ochilish marosimi lentalari kesildi.
Mustaqilligimiz 35 yilligida ovul yoshlarining sport bilan shug'ullanib, kelgusida musobaqalarda ishtirok etishlarida ushbu zamonaviy sport maydoni muhim ahamiyat kasb etadi.
Ochilish marosimidan so'ng tadbir ishtirokchilari uchun bayram dasturxoni yozildi. Ovul yoshlari ishtirokida futbol musobaqasi o'tkazilib, g'oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.




