180 nafar ehtiyojmand ayollar uchun unutilmas oromgoh
2026-07-03 11:40:00 / Yangiliklar
Ayni paytda Navoiy viloyatidan 180 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi zamonaviy dam olish maskanida hordiq chiqarmoqda.

Mazkur tashabbus xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, ma’naviy hordiq chiqarishi hamda ruhiy tiklanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, dam olish davomida ular uchun madaniy-ma’rifiy va psixologik tadbirlar ham tashkil etiladi.
Bu kabi ezgu tashabbuslar xotin-qizlarning hayot sifatini yaxshilash va ularga e’tibor hamda g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.





