"Raqamli kelajak – yoshlar qo‘lida!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi
2026-07-03 10:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda Xatirchi tumani hokimi Umidjon Adizov so‘zga chiqib, yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarga yo‘naltirish, IT sohasini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida Yaponiya ta’lim tajribasini tuman yoshlari uchun keng joriy etish, xalqaro darajadagi IT ta’limi va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.
Alohida ta’kidlash joizki, tuman hokimining 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida o‘quvchilar tomonidan robototexnika jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha taklif va murojaatlar bildirilgan edi. Mazkur tashabbus amaliy ijrosini topib, tadbir davomida tuman hokimi tashabbusi bilan iqtidorli yoshlarga noutbuklar, bir qator ta’lim muassasalariga esa zamonaviy robototexnika jihozlari topshirildi.
Mazkur tashabbuslar Xatirchi yoshlarining zamonaviy ta’lim, innovatsion texnologiyalar va xalqaro imkoniyatlardan samarali foydalanishlari uchun muhim qadam bo‘ldi.



