Bandlikni ta’minlash yo‘lida navbatdagi samarali tashabbus
2026-06-29 14:50:00 / Mehnat va bandlik

Tadbir doirasida 50 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar Karmana tumanidagi Erkin iqtisodiy sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan "AKFA Plast" hamda Navoiy shahridagi "Baxt Tekstil" korxonalariga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni, mehnat sharoitlari va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdi.
Ish beruvchilar va ish izlovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan bevosita suhbatlar natijasida 17 nafar ishsiz fuqaro o‘zlariga mos va maqbul bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi.
Bunday sayyor mehnat yarmarkalari fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda korxonalarning malakali ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.




