Diqqat, yo‘lovchilar! Shahar avtobuslarida to‘lov qoidalari qat’iylashadi
2026-07-01 17:10:00 / Jamoat transporti
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab yo‘nalish shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida to‘lov tizimining yangi tartibi joriy etiladi.

⚖️ Yangi tartibga ko‘ra:
Yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini darhol to‘lashlari shart.
To‘lovni transport yoki ijtimoiy kartalarni validatorga tekkizish, bank kartalari, smartfonlar (QR-kod) va boshqa kontaktsiz vositalar orqali amalga oshirish mumkin.
❕Agar yo‘lkira haqi avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmasa yoki imtiyoz tasdiqlanmagan bo‘lsa, yo‘lovchi "chiptasiz" hisoblanadi va bu jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.
🚦 Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari! Avtobusga chiqqan zahotingiz yo‘lkira to‘lovlarini vaqtida amalga oshirishni unutmang.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi.
