Navoiy viloyati g‘alla topshirish shartnomaviy rejasini bajardi!
2026-06-29 09:45:00 / Yangiliklar

Joriy mavsumda viloyat bo‘yicha belgilangan 105 563 tonnalik ulkan marra amalda 105 794 tonnaga yetkazilib, shartnomaviy majburiyat 100,22 foizga uddalandi.
Ushbu zafarli odimga viloyatimiz tumanlari o‘zlarining munosib va salmoqli hissalarini qo‘shdilar. Xususan, peshqadamlar safida Qiziltepa tumani rejani 107,82 foizga uddalab, davlat xirmoniga 29 599 tonna, Karmana tumani rejani 102,69 foizga bajarib, 17 833 tonna, Navbahor tumani esa rejani 100,63 foizga yetkazib, 24 780 tonna sara don topshirdi. Xatirchi (94,04%) va Konimex (83,84%) tumanlarining g‘allakorlari ham mavsumni yuqori uyushqoqlik bilan yakunlash arafasida turishibdi.
E’tiborlisi, joriy yilda viloyat bo‘yicha jami 463 ta fermer xo‘jaligi har gektar yerdan 100 syentner va undan yuqori hosil olishga erishib, haqiqiy rekordlarni yangilashdi!
Xalqimiz rizq-ro‘zi bo‘lmish g‘alla xirmonini yuksaltirgan, kunni tunga ulab mehnat qilgan barcha dehqon va fermerlarimizga, zahmatkash kombaynchilaru soha fidoiylariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Navoiyning oltin xirmoniga ko‘z tegmasin, yurtimiz tinch, rizqimiz butun, mehnatimiz barakasi yanada ziyoda bo‘lsin!
