YANGI LOYIHALAR AMALGA OSHIRILMOQDA
2026-06-29 16:55:00 / Yangiliklar

Ta’kidlanganidek, kimyo texnoparkini barpo etish doirasida jami 18 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ayni paytda shularning 2 tasida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, mahsulot ishlab chiqarish boshlangan, 5 ta loyihada esa qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Loyihalar to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng 2 000 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif davomida viloyat hokimi loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish, qurilish ishlari sifatini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada takomillashtirish hamda investorlarning mavjud muammolarini tezkor hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.




