Navoiy viloyati hokimi fuqarolar murojaatlarini qabul qildi
2026-06-23 12:30:00 / Yangiliklar

6 soat davom etgan qabul jarayonida viloyat rahbari aholini tashvishga solayotgan masalalar, taklif va muammolarni birma-bir tingladi.
🧩Murojaatlarning aksariyati uy-joy ta’minoti va kommunal xizmatlar, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam, ishga joylashish va tadbirkorlik faoliyati, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va obodonlashtirish ishlari, sog‘liqni saqlash kabi mavzularni qamrab oldi.
💬Qabul davomida ko‘tarilgan har bir murojaat diqqat bilan o‘rganilib, qonuniy yechim topish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Ijrosi muddat talab qiladigan masalalar esa viloyat hokimligi nazoratiga olindi.
⚛️Maqsad — xalqni rozi qilish, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish va ularning turmush darajasini oshirishga ko‘maklashishdir.





