Sardoba mahallasida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi saylgoh ko‘chasi barpo etilmoqda
2026-06-08 13:55:00 / Aqlli shahar

Mazkur loyiha mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi uchun qulay va xavfsiz dam olish muhitini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda hududning turistik va ijtimoiy jozibadorligini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Tashrif davomida viloyat hokimi tomonidan saylgoh hududida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, piyodalar yo‘laklari, yoritish tizimlari, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari hamda xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini joylashtirish rejalari ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga qurilish ishlarining sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratish, hududning arxitekturaviy qiyofasini zamonaviy talablar asosida shakllantirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, saylgoh ko‘chasining foydalanishga topshirilishi mahalla aholisi uchun qulay dam olish maskani yaratish bilan birga, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Loyiha doirasida hududning obod qiyofasini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish hamda aholi uchun zarur sharoitlarni yaratish ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.





