VILOYATDA GʻALLA O‘RIMI BOSHLANDI
2026-06-04 09:55:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Bekzod Bobomurodov, viloyat hokimining o‘rinbosari San’atilla Hikmatov, viloyat va tuman mas’ul rahbarlari, fermerlar, nuroniylar ishtirok etishdi.
So‘zga chiqqanlar hosil mo‘l bo‘lib, xirmonlar yuksalishini, har bir fermer xo‘jaligi oldidagi rejalarini ortig‘i bilan to‘ldirishini tilashdi.
Jarayonda otryadlarga biriktirilgan mas’ullar bilan ham suhbatlashilib, jarayonga ma’suliyat bilan yondashib, hosilni nes-nobud qilmay, qisqa muddatlarda o‘rib olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Ma’lumot uchun: joriy yilda Qiziltepa tumanida 256 ta fermer xo‘jaligining 8569 gektar maydonlarida g‘alla yetishtirildi. O‘rim tumandagi 33 ta kombaynda amalga oshiriladi.




