Navoiylik badiiy gimnastikachilar yoshlar o'rtasida Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
2026-05-26 10:45:00 / Yangiliklar
Qirg'iziston davlati Beshkek shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o'rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida dastlabki g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yuqori natijalarni qayd etib, jami guruh mashqlarida jamoaviy yosh toifalari bo'yicha 3 ta medalni qo‘lga kiritdilar.
Jumladan, sportchilarimiz hisobiga 2 ta oltin medal yozildi.
Quvonarlisi, sovrindorlar safida Navoiy viloyati vakilalari Zamia Xvalcheva, Farida Abdulova ham bor. Farаngiz Axmedovaning shogirdlari guruh mashqlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
