20022-harbiy qismda askarlar uchun yangi o‘quv majmuasi barpo etilmoqda
2026-05-18 15:35:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Normat Tursunov 20022-harbiy qismda bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan 200 nafar askar uchun mo‘ljallangan o‘quv binosini barpo etish loyihasi taqdimoti bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida loyihaning asosiy yo‘nalishlari, binoning zamonaviy talablar asosida jihozlanishi, harbiy xizmatchilar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar hamda qurilish ishlarining bosqichlari atroflicha muhokama qilindi. Yangi o‘quv majmuasi askarlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning harbiy tayyorgarligini yanada mukammallashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Shuningdek, hokim mas’ul rahbarlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar sifatini baholab, qurilish jarayonlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.





