Normat Tursunov xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qildi
2026-04-15 10:25:00 / Yangiliklar
Bugun viloyat hokimi Normat Tursunov Navoiy shahridagi xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qildi. Qabulda 20 nafardan ortiq aholi ishtirok etdi.

Ushbu sayyor qabulda aholining turli soha va yo‘nalishdagi 30 turdan ortiq muammo va takliflari tinglandi.
Aholidan asosan sog‘liqni saqlash, qurilish yo‘nalishlarida, shuningdek, imtiyozli kreditlar hamda ijtimoiy yordam olish, bandlikni ta’minlash va boshqa shu kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Jarayonda murojaatlarning salmoqli qismi ijobiy bartaraf etilgan bo‘lsa, bir qator murojaatlarga huquqiy tushunchalar berilib, muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Ushbu murojaatlarning ijrosi viloyat hokimining shaxsan nazoratida ekanligi ta’kidlandi.



