NAVOIY SHAHRIDA “DXX KUBOGI” MUSOBAQALARIGA START BERILDI
2026-04-09 10:35:00 / Sport va madaniyat

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Elbek Urunov, Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Jasur Murtozayev hamda Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Laziz Qayumov ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.
So‘zga chiqqanlar bunday musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, iqtidorli futbolchilarni saralab olish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Ochilish marosimi davomida kuy-qo‘shiqlar yangrab, sport bayramiga xos ko‘tarinki muhit yaratildi. Shundan so‘ng jamoalar o‘rtasida dastlabki uchrashuvlarga start berildi.




