“KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI” MAVZUSIDA TANLOV O‘TKAZILDI
2026-03-31 15:00:00 / Yangiliklar

Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlod ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik, adolat va vatanparvarlik kabi qadriyatlarni mustahkamlashdan iborat.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari orqali korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oqibatlari hamda unga qarshi kurashish zarurati haqida o‘z qarashlarini ifoda etdilar.
Rasm ishlari va insholarda bolalarning mavzuga teran yondashgani, adolatli jamiyat qurish borasidagi fikr-mulohazalari alohida e’tiborga molik bo‘ldi.
Korrupsiyaga qarshi kurashni samarali yo‘lga qo‘yishda eng muhim omillardan biri — bu bolalikdan boshlab halollik va qonun ustuvorligi tamoyillarini ongga singdirishdir.
Tanlov yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.



