“Ijro etish sohasida amalga oshirilgan ishlar, sohadagi yangiliklar va raqamlashtirish masalalari” mavzusida matbuot anjumani
2026-01-31 12:00:00 / Matbuot anjumanlari

Tadbir davomida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar, davlat foydasiga va ijtimoiy daftarlarga tushumlar, aliment va kredit qarzdorliklarini undirish holati, shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqilishi haqida slaydlar orqali ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, Byuro organlari tomonidan qarorlar ijrosini ta’minlash orqali fuqarolar hamda jamiyatning haq-huquqlari, qadr-qimmati, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shuningdek tadbirkorlaring odil sudlovga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash borasida ko‘rib borilayotgan amaliy chora–tadbirlar qayd etildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2025 yilda jami 4,5 trln. so‘mlik 385 mingga yaqin hujjatlar bo‘yicha ijro harakatlari olib borildi, shundan 2,8 trln. so‘mlik 221 323 ta ijro hujjatlari bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilindi, amalda 147 626 ta ijro ishi bo‘yicha 1 trln. 365 mlrd. so‘m, shundan davlat foydasiga 709 mlrd. so‘mlik mablag‘ undirildi.
Bundan tashqari, ijro tizimidagi so‘nggi islohotlar va sohani raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va ularning samaradorligi haqida ham so‘z yuritildi.
Matbuot anjumani davomida OAV va jamoatchilik vakillari savollariga batafsil javoblar berildi.



