Navoiy shahriga 60 ta yangi avtobuslar yetib keldi!
2025-09-03 17:30:00 / Jamoat transporti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-martdagi “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida”gi PQ-139 qaror ijrosi ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati hududida 5 ta yangi yo‘nalish tashkil qilindi .Bular:
SHI-1 “Karmana avtoshohbekati-Sputnik qo’rgoni”,
SHI-2 “Navoiazot AJ-Sharq avtostansiyasi”,
SHI-3 “Karmana dehqon bozori-Avtomobil yo‘l boshqarmasi”,
SHI-4 ”Karmana avtoshohbekati-Temir yo‘l vokzali” ,
SHI-5 “Malika avtostansiyasi- Tinchlik qo’rgoni”
Hozirda ushbu yo‘nalishlarda avtobuslarimiz taqsimlangan holda Navoiy shahrining deyarli barcha ko‘chalarni qamrab olgan holda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Navoiy viloyati Transport boshqarmasi huzurida tashkil etilgan Navoiy yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasida dispetcherlik markazi tashkil etilgan bo‘lib ushbu markazda Navoiy shahrida harakatlanayotgan avtobuslarni real vaqt rejimida kuzatish va nazorat qilish imkonini beradi.
Shuningdek,yuqorida qayd etilgan PQ-59-sonli qaror ijrosini ta’minlash moaqsadida 2024 yil 22 iyun sanasida Navoiy viloyati hokimining “Navoiy va Zarafshon shaharlaridagi shahar yo‘lovchilar transporti tariflarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida jamoat transporti uchun to‘lovlarda shaffoflikni ta’minlash, yo‘l kira haqqini elektron to‘ lov turlaridan foydalanishni rag‘batlantirish hamda tarif rejalarining narxlarini qatnovlar soniga bog‘lash tizimi joriy etilgan. Unga ko‘ra yo‘lovchilar elektron to‘lov usuli orqali 1 600 so‘m naqd pul orqali esa 2 000 so‘m miqdorida to‘lovlarni amalga oshirishadi hamda elektron to‘lov orqali 1 soat ichida bir necha avtobusdan foydalanganda 1-avtobus uchun 1 600 so‘m 2-avtobus uchun 1 000 so‘m miqdorida 3-va keyingi avtobuslardan bepul foydalanish huquqini beruvchi tariflar joriy etilgan.
Shu jumladan, 2025 yilda Navoiy viloyatida shaharlararo avtobus qatnovlarini rivojlantirish maqsadida “Konimex -Toshkent“ yo‘nalishida 2ta “MISS IMMA” OK va “TOURIST AND SERVICE” MCHJ ga tegishli, “Zarafshon-Toshkent” yo‘nalishida 4 ta “ERKIN EMINA EXPRESS TOUR”MCHJ ga tegishli, “Xatirchi-Toshkent” yo‘nalishida 1 ta “XATIRCHI HAMID TRANS 777” MCHJ ga tegishli, “Diamond Bus-2024” MCHJ ga tegishli 1ta 2025 yilda ishlab chiqarilgan yangi va zamonaviy avtobuslar olib kelindi va hozirgi kunda yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
