Ishga qabul qilish tartibi va yaratilgan sharoitlar
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi sizni Vazirlik tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlariga taklif qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” Qonuni hamda Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-oktabrdagi PF–5843-son Farmoni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
- “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (vacancy.argos.uz) dasturiy-apparat kompleksiga;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytiga va ijtimoiy tarmoqlardagi e’lon sahifalariga joylashtiriladi.
Yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat’iy nazar, o‘zlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda ma’lumot darajasiga ega, shunindek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga ochiq mustaqil tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
Bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar)ga ishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish:
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (vacancy.argos.uz) orqali amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefonlar:
(71) 203-50-50 (01194)
(71) 203-50-50 (01191)
