Vazifa, funksiya va nizomi
Özbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va moliya vazirligining
2024-yil “28” oktabrdagi
23-197 - son buyruğiga
2-ilova
ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
JAMOATÇILIK KENGAŞI TÖĞRISIDAGI
NIZOM
1- bob. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur nizom Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi örinlarda - Vazirlik) huzuridagi Jamoatçilik kengaşining (keyingi örinlarda - Jamoatçilik kengaşi) asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatini taşkil etiş tartibini belgilaydi.
2. Jamoatçilik kengaşi öz işini jamoatçilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvçi maslahat-kengaş organi hisoblanadi.
3. Jamoatçilik kengaşi Vazirlik huzurida taşkil etiladi.
4. Jamoatçilik kengaşi Iqtisodiyot va moliya vazirligining buyruği bilan taşkil etiladi.
5. Jamoatçilik kengaşining qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
6. Jamoatçilik kengaşi öz faoliyatida Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlariga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyişlariga, Iqtisodiyot va moliya vazirining buyruqlariga, mazkur Nizomga hamda boşqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
A’zolarining Jamoatçilik kengaşining maqsad yoki asosiy vazifalari doirasidan çetga çiqib, Jamoatçilik kengaşi Vazirlik bilan kelişilmagan holda bildirgan fikr-mulohazalari hamda sodir etgan xatti-harakatlari Jamoatçilik kengaşining nuqtayi-nazarini anglatmaydi;
7. Jamoatçilik kengaşi töğrisidagi Nizom va unga kiritiladigan özgartişlar hamda qöşimçalar Iqtisodiyot va moliya vaziri buyruği bilan tasdiqlanadi.
2-bob. JAMOATÇILIK KENGAŞINING MAQSADI, ASOSIY VAZIFALARI, FUNKSIYALARI, HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
8. Quyidagilar jamoatçilik kengaşining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlik tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, şuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantiriş dasturlarida jamoatçilik manfaatlari va jamoatçilik fikrini hisobga olinişi, fuqarolarning, yuridik şaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qiliş sohasida qonunçilik hujjatlari talablari ijrosini ta’minlaş, Vazirlikka yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatçilik manfaatlariga daxl qiluvçi vazifalar va funksiyalarni bajariş, davlat xizmatlarini körsatiş, ijtimoiy şeriklik doirasida amalga oşiriladigan bitimlar, şartnomalar, loyihalar va dasturlarni röyobga çiqariş böyiça Vazirlik va uning tarkibiy bölinmalari mansabdor şaxslarining faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş;
birgalikda muloqot qiliş, Vazirlikning nodavlat-notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta’minlaş uçun vazirlik va hududiy iqtisodiyot va moliya organlarini fuqarolar bilan boğlab turadigan “köprik” rolini bajariş;
Vazirlikka nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlaridan kelib tuşgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni umumlaştiriş va baholaş;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvçi eng muhim masalalar yuzasidan Vazirlik faoliyati haqidagi jamoatçilik fikrini tizimli monitoring qiliş va har tomonlama tahlil qiliş, ijtimoiy sörovlar ötkaziş, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ötkaziş;
Vazirlikning faoliyatida korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi davlat dasturlari va boşqa dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etiş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça olib borilgan işlar ustidan monitoring va tahlil ötkaziş, şuningdek, ularning natijalari böyiça takliflar tayyorlaş;
Vazirlik va hududiy iqtisodiyot va moliya organlari faoliyatining oçiqligini ta’minlaş böyiça amalga oşirilayotgan tadbirlarni monitoring qiliş, uning faoliyati töğrisida batafsil axborot oliş imkoniyatlarini tahlil qiliş, ularni yanada kengaytiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;
Vazirlikning rasmiy veb-saytida jamoatçilik kengaşi faoliyati bilan boğliq oçiq e’lon qilinişi lozim bölgan ma’lumotlarni joylaştirib boriş hamda ularning har çorakda yangilanib borilişini ta’minlaş;
Vazirlik, uning tarkibiy bölinmalari va huzuridagi taşkilotlarining faoliyatini isloh qilişda fuqarolar iştirok etişi uçun yaratilgan şart-şaroitlarni örganiş va ularni yaxşilaş böyiça takliflar işlab çiqiş;
Vazirlikning faoliyati böyiça fuqarolar örtasida ötkaziladigan tuşuntiriş işlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda iştirok etiş, ularning samaradorligini oşiriş yuzasidan takliflar işlab çiqiş;
Vazirlik tizimida işlovçi xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy- maişiy, xizmat şart-şaroitlarini, ularga malakali tibbiy yordam körsatiş şaroitlarini, şuningdek, işdan böşatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslaştiriş böyiça muammolarni kompleks tahlil qiliş hamda tahlil yakunlari böyiça mazkur şaroitlarni yaxşilaş yuzasidan takliflar kiritiş.
9. Jamoatçilik kengaşi öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Vazirlikning faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolar, nodavlat-notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining taşabbuslari hamda murojaatlarini körib çiqişda iştirok etadi, şuningdek, ularni körib çiqiş natijalari böyiça Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga tegişli takliflar kiritadi;
Vazirlikning fuqarolar, nodavlat-notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan özaro hamkorligini tahlil qiladi, şuningdek, hamkorlikni takomillaştiriş yuzasidan takliflar işlab çiqadi;
Vazirlik faoliyatiga taalluqli uning normativ-huquqiy hujjatlari va qarorlarini takomillaştiriş, ulardagi mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça takliflar işlab çiqadi, şuningdek, kiritilgan takliflarni mazkur vazirlik va hududiy iqtisodiyot va moliya organlari xodimlari örtasida muhokama qilişga bağişlangan tadbirlarni taşkil etişda qatnaşadi;
davlat dasturlari loyihalarini, tadbirlar rejalarini va Vazirlik faoliyatiga taalluqli, şu jumladan, korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisidagi boşqa hujjatlarni işlab çiqiş yuzasidan takliflar tayyorlaydi, qabul qilingan dasturlarni amalga oşirişda vakolatlari doirasida iştirok etadi, bajarilgan işlarning samaradorligini tahlil qiladi, şuningdek, yöl qöyilgan xato va kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Vazirlikka nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlaridan kelib tuşgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni körib çiqadi;
Vazirlik rahbariyati va xodimlarining fuqarolar bilan uçraşuvlarini, şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlarini körib çiqiş bilan boğliq işlarni taşkil etişda, şu jumladan, joylarga borib taşkil etişda qatnaşadi, ularning amalga oşirilişi ustidan monitoring ötkazadi;
Vazirlik tizimida işlovçi xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy- maişiy, xizmat şart-şaroitlarini, ularga malakali tibbiy yordam körsatiş şaroitlarini yaxşilaşda, şuningdek, işdan böşatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslaştiriş muammolarini hal etişda kömaklaşadi;
Vazirlikda, uning hududiy bölinmalarida va huzuridagi taşkilotlarida işlovçi xodimlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qiliş masalalari böyiça davlat organi xodimlari örtasida keng tuşuntiriş işlarini taşkil etadi;
Vazirlikda, uning hududiy bölinmalarida va huzuridagi taşkilotlarida soğlom işçanlik muhitini rivojlantiriş, qonuniylikni, yuksak huquqiy madaniyat va axloqiylikni ta’minlaş, xodimlarda Vatanga sodiqlik ruhini va qonunlarga bölgan hurmatni kuçaytiriş, ularni ijtimoiy, siyosiy, ruhiy va ma’naviy-ma’rifiy kamol toptiriş, şuningdek, mazkur sohadagi ilmiy-ma’rifiy va öquv adabiyotlarini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqadi;
mamlakatda va xorijda keng jamoatçilikni davlat organi faoliyatini isloh qiliş böyiça amalga oşirilayotgan tizimli çora-tadbirlar haqida muntazam ravişda xabardor qilişni ta’minlaydi hamda mavjud muammolarni hal qiliş va kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan takliflar işlab çiqadi;
Vazirlik faoliyatiga bağişlangan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarini taşkil etişda iştirok etadi;
Vazirlik faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritiş böyiça bajarilayotgan işlarning natijalarini tahlil qiladi, ularning samaradorligini oşiriş va mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan takliflar işlab çiqadi;
öziga yuklatilgan vazifalarni bajarişda nodavlat-notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.
10. Jamoatçilik kengaşi zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajariş uçun:
Vazirlik tomonidan taşkil etiladigan bölajak oçiq hay’at majlislari va boşqa ommaviy tadbirlar töğrisidagi axborotni oldindan oliş hamda mazkur tadbirlarda iştirok etiş;
Vazirlikning, jumladan, uning hududiy bölinmalari va huzuridagi taşkilotlarining binolari (xonalari) va boşqa obyektlarini vazirlik tomonidan belgilangan tartibda borib köriş;
Vazirlik, uning hududiy bölinmalari va huzuridagi taşkilotlari rahbarlariga jamoatçilik kengaşi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritiş;
Vazirlik faoliyati samaradorligini oşiriş böyiça takliflar va tavsiyalarni işlab çiqiş hamda amalga oşiriş uçun zarur bölgan Vazirlikning axborotlari, statistika va boşqa materiallarini belgilangan tartibda oliş;
Vazirlikning qonunçilik ijodkorligi faoliyatida, vazirlik tomonidan işlab çiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatçilik va ekspertlar muhokamasini ta’minlaşda iştirok etiş;
jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlariga vazirlik, uning hududiy bölinmalari va tasarrufidagi taşkilotlari tomonidan berilgan javoblarning sifatini tanlab olgan holda tahlil qiliş;
Vazirlik xodimlarining roziligi bilan ularning uy-joy, ijtimoiy-maişiy va xizmat şart-şaroitlari bilan tanişiş;
jamoatçilik kengaşi majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritiş böyiça ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiliş;
yuklatilgan vazifalarni bajariş uçun konferensiyalar, forumlar, seminarlar, davra suhbatlari va boşqa tadbirlarni taşkil etiş huquqiga ega.
Jamoatçilik kengaşi qonunçilik hujjatlariga muvofiq boşqa huquqlarga ham ega bölişi mumkin.
11. Jamoatçilik kengaşi öz faoliyatini amalga oşirişda:
jamoatçilik nazorati töğrisidagi qonunçilik hujjatlari talablariga rioya qilişi;
Vazirlik faoliyati bilan boğliq qonunçilik hujjatlarida belgilangan çeklovlarga amal qilişi;
Vazirlik va uning mansabdor şaxslarining öz vakolatlari doirasida amalga oşiradigan faoliyatiga aralaşmasligi;
Vazirlik, uning hududiy bölinmalari va huzuridagi taşkilotlari hamda ularning mansabdor şaxslari faoliyat körsatişi uçun tösqinlik qilmasligi;
fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlaşga, ularning şaxsiy hayotiga aralaşişga yöl qöymasligi;
jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatiş qonunçilik bilan çeklangan bölsa, maxfiyligiga rioya qilişi şart.
Jamoatçilik kengaşining zimmasida qonunçilik hujjatlariga muvofiq boşqa majburiyatlar ham bölişi mumkin.
3-bob. JAMOATÇILIK KENGAŞI TARKIBINI ŞAKLLANTIRIŞ VA A’ZOLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
12. Jamoatçilik kengaşi a’zoligiga, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga ega, moliya - iqtisod sohasida alohida bilim, könikmalarga ega bölgan, şuningdek, sohani rivojlantirişga qaratilgan amaliy takliflarni bera oladigan, sudlanmagan, zarur kasbiy fazilatlari bölgan, jamiyatda alohida e’tiborga ega bölgan, sohada namunali xizmat körsatgan mehnat faxriylari, jamoatçilik faoliyati sohalarida katta amaliy tajribaga ega obrö-e’tiborli fuqarolar, şuningdek nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari vakillari orasidan tanlov asosida qabul qilinadi.
Tanlov Vazirlik tomonidan belgilangan muddatlar, talablar va şakllarga muvofiq ötkaziladi.
Jamoatçilik kengaşi a’zolarining soni 15 nafardan 25 nafargaça etib belgilanişi mumkin.
Bunda jamoatçilik kengaşi tarkibining kamida 20 foizini ayollar, 50 foizini nodavlat notijorat taşkiloti vakillari bölişi lozim.
13. Jamoatçilik kengaşining tarkibi Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyruği bilan har 3 yilda (uç) yilda tasdiqlanadi.
Jamoatçilik kengaşining vakolat muddati yakunlanganidan söng öz faoliyatini tugatadi va Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda Kengaşning yangi tarkibi şakllantiriladi.
14. Jamoatçilik kengaşining tarkibiga uning raisi, rais örinbosari va a’zolari kiradi.
15. Jamoatçilik kengaşining raisi, rais örinbosari Iqtisodiyot va moliya vaziri tavsiyasiga asosan, jamoatçilik kengaşining a’zolari orasidan saylanadi.
Saylangan rais, rais örinbosari, vakolat muddati Jamoatçilik kengaşi a’zolari tomonidan belgilanadi.
Vazirlikning Jamoatçilik kengaşi işini taşkil etişga mas’ul xodimi bir vaqtning özida kengaş kotibi vazifasini ham bajaradi.
16. Quyidagi holatlarda jamoatçilik kengaşining raisi, rais örinbosari va a’zolari uning tarkibidan çiqarilişi mumkin:
kengaş tarkibidan çiqiş töğrisida ariza bilan murojaat qilganida;
huquqbuzarlik, şuningdek jamiyatda örnatilgan axloq qoidalari, hamda umum e’tirof etilgan normalarni qöpol ravişda buzuvçi va kengaş a’zosi nomiga doğ tuşiruvçi hamda jamoatçilik kengaşi obrösiga putur yetkazuvçi harakatlar, nojöya işlar sodir etganda;
Kengaş yoki Vazirlik nomidan şaxsiy yoki boşqa manfaatlari yölida foydalanganda;
Kengaşi a’zolarining köpçilik fikri bilan ovozga qöyilganda va oddiy köpçilik ovozi bilan ma’qullanganda;
Nizomda nazarda tutilgan öz vazifalarini uzrli sabablarsiz muntazam ravişda, bajarmaganda, şu jumladan jamoatçilik kengaşning majlislarida iştirok etmaganda;
vafot etganda, şuningdek sudning qonuniy kuçga kirgan hal qiluv qarori asosida muomalaga layoqatsiz, bedarak yöqolgan yoki vafot etgan deb topilganda;
mazkur nizomning 10-bandida belgilangan majburiyatlarni bajarmaganda.
17. Jamoatçilik kengaşining tarkibi töğrisidagi ma’lumotlar va unga kiritilgan özgartişlar ular tasdiqlangan paytdan boşlab 5 (beş) kun içida Vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
18. Jamoatçilik kengaşining raisi:
jamoatçilik kengaşining faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi; jamoatçilik kengaşining majlislarini çaqiradi va kun tartibini belgilaydi; jamoatçilik kengaşining majlislarida raislik qiladi;
jamoatçilik kengaşining iş rejasini, majlisi bayonnomasini va boşqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
jamoatçilik kengaşi qarorlarining ijrosini nazorat qiladi;
jamoatçilik kengaşi a’zolarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarilişini muvofiqlaştiradi;
Vazirlikning rasmiy veb-saytida va boşqa resurslarda joylaştiriladigan jamoatçilik kengaşining faoliyati töğrisidagi ma’lumotlar tarkibi böyiça takliflar kiritadi va uni Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelişadi;
jamoatçilik kengaşi qarorlarini bajariş masalalari yuzasidan Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri bilan hamkorlik qiladi;
jamoatçilik kengaşining samarali işini ta’minlaş böyiça boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
19. Jamoatçilik kengaşining raisi bölmagan taqdirda, uning vakolatlari va majburiyatlarini rais örinbosari bajaradi.
20. Jamoatçilik kengaşi raisining örinbosari:
rais yöqligida jamoatçilik kengaşining majlislarida raislik qiladi;
Jamoatçilik kengaşi qarorlarining ijrosini nazorat qiliş böyiça işlarni taşkil etadi;
Jamoatçilik kengaşining vakolatiga kiradigan masalalar bilan boğliq murojaatlarni körib çiqadi va natijalari böyiça tegişli hujjatlarni tayyorlaydi;
Jamoatçilik kengaşi işini samarali taşkil etiş böyiça boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
21. Jamoatçilik kengaşining kotibi:
Jamoatçilik kengaşi faoliyatini uslubiy, taşkiliy-huquqiy va taşkiliy-texnik jihatdan ta’minlaş masalalarini hal qiladi;
Jamoatçilik kengaşining navbatdagi majlisiga barça zarur materiallar öz vaqtida tayyorlanişini ta’minlaydi, Iqtisodiyot va moliya vaziriligi, uning hududiy bölinmalari va tasarrufidagi taşkilotlarining xodimlaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni sörab oladi;
kun tartibiga muvofiq Jamoatçilik kengaşi majlislari ötkazilişini taşkil etadi;
Jamoatçilik kengaşi ötkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan şaxslar röyxatini jamoatçilik kengaşining raisi bilan kelişadi;
Jamoatçilik kengaşi a’zolarini va taklif etilgan şaxslarni jamoatçilik kengaşi majlisi ötkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;
Jamoatçilik kengaşi qarorlarining ijro etilişi ustidan monitoring olib boradi va uning natijalarini jamoatçilik kengaşi majlisida körib çiqiş böyiça takliflar kiritadi;
Jamoatçilik kengaşi majlisining bayonnomasini rasmiylaştiradi va tasdiqlangan bayonnomaning Jamoatçilik kengaşi a’zolari hamda boşqa manfaatdor şaxslarga jönatilişini ta’minlaydi;
Vazirlikning rasmiy veb-saytida Jamoatçilik kengaşining tasdiqlangan a’zolari haqidagi ma’lumotlarni, şuningdek ularning aloqa ma’lumotlari (telefon, poçta va elektron manzillari)ni tayyorlaydi;
Jamoatçilik kengaşining yiğilişlari va kun tartibidagi masalalar töğrisidagi ma’lumotlarni Vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qiliş uçun vazirlikka taqdim etadi;
Ovoz beriş natijalarini inobatga olgan holda körib çiqilayotgan masala böyiça Jamoatçilik kengaşi tavsiyasi loyihasini tayyorlaydi va imzolaş uçun Jamoatçilik kengaşi raisiga kiritadi;
Jamoatçilik kengaşi kotibi Jamoatçilik kengaşi tarkibiga kirmaydi.
4-bob. JAMOATÇILIK KENGAŞI YIĞILIŞINI TAŞKIL ETIŞ VA ÖTKAZIŞ TARTIBI
22. Jamoatçilik kengaşining a’zolari öz majlislarida körib çiqiladigan masalalarni muhokama qiliş va hal qilişda öz vakolatini boşqalarga ötkaziş huquqiga ega emas.
Jamoatçilik kengaşining majlisida iştirok etiş imkoni bölmagan holatlarda, uning a’zosi majlis kun tartibidagi masalalar böyiça öz fikrini yozma şaklda yuborişi mumkin. Bunda uning fikri majlisda körib çiqiladi va ovoz berişda hisobga olinadi.
Jamoatçilik kengaşining a’zolari:
öz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajariş uçun Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taşkil etiladigan hay’at majlislarida va boşqa ommaviy tadbirlarda iştirok etadi;
jamoatçilik kengaşi iş rejalarining loyihalarini tayyorlaydi, ularni jamoatçilik kengaşida körib çiqiş uçun kiritadi va tasdiqlangan iş rejalari bajarilişini ta’minlaydi;
Vazirlik faoliyatining samaradorligini oşiriş böyiça takliflar va tavsiyalarni işlab çiqişda hamda amalga oşirişda qatnaşadi;
Vazirlik xodimlari, ularning oila a’zolari bilan uçraşuvlar ötkazadi va ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlaş böyiça takliflarni jamoatçilik kengaşiga kiritadi;
jamoatçilik kengaşining kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlaydi;
jamoatçilik kengaşining vakolatiga kiradigan masalalar bilan boğliq murojaatlarni körib çiqadi va natijalari böyiça tegişli hujjatlarni tayyorlaydi;
jamoatçilik kengaşining zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
23. Jamoatçilik kengaşi faoliyatining asosiy masalalari uning majlisida körib çiqiladi. Jamoatçilik kengaşining majlisi uning iş rejalari asosida har çorakda kamida bir marta çaqiriladi.
Jamoatçilik kengaşining raisi jamoatçilik kengaşi a’zolarining uçdan bir qismining yozma murojaati asosida uning navbatdan taşqari majlisini çaqirişi mumkin.
Jamoatçilik kengaşining yiğilişlari va kun tartibidagi masalalar davlat organining rasmiy veb-saytida e’lon qilinişi şart.
24. Jamoatçilik kengaşining majlislariga boşqa davlat organlari, nodavlat- notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari taklif etilişi mumkin.
25. Jamoatçilik kengaşi majlisi kun tartibining loyihasi kotib tomonidan jamoatçilik kengaşi a’zolarining takliflari va jamoatçilik kengaşi raisining topşiriği asosida şakllantiriladi.
26. Jamoatçilik kengaşining majlisini uning raisi olib boradi. Rais iştirok eta olmagan holatlarda, majlisni uning örinbosari olib boradi.
Jamoatçilik kengaşining majlisida Iqtisodiyot va moliya vaziri, uning örinbosarlari va boşqa xodimlar iştirok etişi mumkin.
27. Jamoatçilik kengaşining majlisi, agar unda jamoatçilik kengaşi a’zolarining kamida uçdan ikki qismi (kvorum) iştirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Majlisni ötkaziş uçun kvorum şakllanmagan taqdirda, jamoatçilik kengaşining yangi majlisi ötkaziladigan sana e’lon qilinadi.
28. Jamoatçilik kengaşining qarori majlisda iştirok etayotgan jamoatçilik kengaşi a’zolarining oddiy köpçilik ovozi bilan qabul qilinadi.
29. Jamoatçilik kengaşining har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar böyiça özining fikrini yozma şaklda ifodalaşga haqli. Uning fikri jamoatçilik kengaşi majlisining bayonnomasiga majburiy tartibda qöşib qöyiladi.
30. Jamoatçilik kengaşining majlisida qabul qilingan qaror bayonnoma bilan rasmiylaştiriladi. Jamoatçilik kengaşi majlisining bayonnomasi kotib tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvçi tomonidan tasdiqlanadi va uç kun muddatda Iqtisodiyot va moliya vaziriligi, uning hududiy bölinmalari va tasarrufidagi taşkilotlariga, jamoatçilik kengaşi a’zolariga va manfaatdor şaxslarga yuboriladi.
31. Jamoatçilik kengaşining qarorini tezlik bilan qabul qiliş zaruriyati tuğilganda, uning raisi taşabbusi bilan qaror jamoatçilik kengaşining a’zolari bilan kelişilgan holda sörov yöli bilan qabul qilinişi mumkin.
Iqtisodiyot va moliya vaziriligi, uning hududiy bölinmalari va tasarrufidagi taşkilotlari jamoatçilik kengaşining qabul qilgan qaroriga qöşilmagan hollarda, jamoatçilik kengaşining qarorini olgan kundan boşlab ön kundan keçikmay unga asoslantirilgan e’tirozini yozma şaklda yuboradi.
32. Jamoatçilik kengaşining kotibi kengaş a’zolari kömagida jamoatçilik kengaşi qarorlari ijrosining borişini örganadi va körib çiqadi, zarur bölgan hollarda, jamoatçilik kengaşining raisiga tegişli takliflar kiritadi.
5-bob. YAKUNLOVÇI QOIDALAR
33. Jamoatçilik kengaşining faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlaş Iqtisodiyot va moliya vaziriligi tomonidan, şuningdek, qonunçilik hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.
34. Jamoatçilik kengaşining faoliyati uning nizomiga va Özbekiston Respublikasining qonunçilik hujjatlariga muvofiq ekanligi Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri tomonidan nazorat qilinadi.
35. Jamoatçilik kengaşining va Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining jamoatçilik kengaşi faoliyati bilan boğliq qarorlari ustidan belgilangan tartibda şikoyat qilinişi mumkin.
Batafsil: PDF 0.42 MB
