Auditorlik xizmatlari bozori tahlili
Auditorlik xizmatlari bozorining 2023-yil yakuni bo‘yicha hisoboti
04-aprel 2024 15:48 
Auditorlik xizmatlari bozorining 2023-yil yakuni bo‘yicha hisoboti tayyorlandi. Mazkur hisobotga ko‘ra, auditorlik tashkilotlari reyestriga kirish orqali faoliyat yuritish talabiga asosan, tashkilotlarning soni 2023-yilning yakunida o‘tgan yilga nisbatan 12 taga oshib 138 taga yetdi.
Ma’lumot uchun: 2021-yil 25-fevraldagi O‘RQ–677-sonli "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni 12-moddasiga muvofiq, Iqtisodiyot va moliya vazirligi auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi sifatida Auditorlik tashkilotlarining reyestrini va Auditorlar reyestrini yuritadi, shuningdek, auditorlik xizmatlari rivojlanishini tahlil qiladi.
Bundan tashqari, auditorlar soni 2023-yilning yakunida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 122 nafarga oshib, 1003 nafarga yetdi. Ulardan 24 foizi ayol, 76 foizi erkak auditorlar, 120 nafardan ortig‘i esa xalqaro sertifikatga ega auditorlardir.
Auditorlik xizmatlari bozorining 2023-yil yakuni bo‘yicha to‘liq va batafsil ma’lumotlari bilan vazirlikning rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin:
O‘zbek tilida: PDF
Rus tilida: PDF
Auditorlik xizmatlari bozorining 2024-yil yakuni boʻyicha hisoboti
06-may 2025 17:50 
Auditorlik xizmatlari bozorining 2024-yil yakuni bo‘yicha hisoboti tayyorlandi. Mazkur hisobotga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil davomida auditorlik xizmatlari bozorida ijobiy dinamika kuzatildi.
Yil yakuni bo‘yicha Reyestrda auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lganlar 1154 nafarga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 151 nafarga ko‘pdir. Auditorlarning 76 foizini erkaklar, 24 foizini esa ayollar tashkil etdi.
Auditorlik tashkilotlari soni ham o‘sishni davom ettirib, 153 tani tashkil qildi (2023-yilga nisbatan 15 taga ko‘p). Shu bilan birga, 2 ta auditorlik tashkiloti reyestrdan chiqarildi.
Mazkur hisobotda 2024-yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida bozordagi asosiy o‘zgarishlarlarga e’tibor qaratildi.
Auditorlik xizmatlari bozorining 2024-yil yakuni bo‘yicha to‘liq va batafsil ma’lumotlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
O‘zbek tilida: PDF
Rus tilida: PDF
