Bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi MA’LUMOTLAR
|
T/r |
Bo‘sh ish o‘rinlari soni |
Ishga qabul qilish shartlari |
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar |
Taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
|
(markaziy, hududiy va tizim tashkilotlari nomi) |
||||
|
1 |
2025-yilning yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda vazirlikning markaziy apparatida jami 186 ta vakansiyalar e’longa berilgan bo‘lib, (ma’lumot uchun ushbu vakansiyalar bo‘yicha 15 518 nafar nomzodlar ariza topshirgan) shundan, 148 ta vakansiya bo‘yicha 148 nafar nomzodlar tanlov komissiyasi tomonidan munosib deb e’tirof etilib ishga qabul qilingan. Qolgan vakansiyalar bo‘yicha esa nomzodlar belgilangan malaka talablariga mos kelmagan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tmagan.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5843-sonli Farmoniga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish (saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlar bundan mustasno) tanlov asosida amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur Farmonga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga xodimlarni ishga qabul qilish davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (vacancy.gov.uz) orqali tanlov o‘tkazish asosida amalga oshiriladi. Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (vacancy.argos.uz) orqali e’lon joylashtirilib, nomzodlar tomonidan kelib tushgan ma’lumotnomalar (rezyume) o‘rganib chiqilib malaka talablarga mos kelishi bo‘yicha saralash o‘tkaziladi hamda saralash natijalari bo‘yicha har bir nomzodning shaxsiy kabinetiga ma’lumot yuboriladi. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar test sinovlariga taklif etilib, shundan so‘ng, test bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning shaxsiy kabinetiga suhbat o‘tkaziladigan vaqti va tartibi haqida ma’lum qilinadi. Suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bo‘yicha komissiya bayoni rasmiylashtirilib, suhbat natijalari yuzasidan tegishli ma’lumotlar nomzodlarning shaxsiy kabinetiga belgilangan muddatda yuboriladi. |
E’longa berilgan lavozimdan kelib chiqqan holda nomzodlarga malaka talablar qo‘yiladi.
|
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (vacancy.gov.uz) orqali nomzodlar ariza topshiradi.
|
|
Ma’lumotlar 2025-yilning 1-yanvardan 31-dekabrgacha e’lon qilingan davr bo‘yicha jami: |
186 |
|
||
