Oçiqlikni ta'minlaş haqidagi qonunçilik talablari buzilganligi yuzasidan şikoyat qiliş tartibi
Batafsil: PDF 0.2MB
Oçiqlikni ta’minlaş haqidagi qonunçilik talablari buzilganligi yuzasidan şikoyat qiliş tartibi
Oçiqlikni ta’minlaş haqidagi qonunçilik talablari buzilganligi yuzasidan şikoyat qiliş «Iqtisodiyot va moliya vazirligining jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tartibi töğrisida»gi Nizom asosida amalga oşiriladi.
Mazkur Nizom Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasi, Özbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat iştirokidagi taşkilotlarda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tartibi töğrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlaş haqida” 2018 yil 7 maydagi 341-son qaroriga muvofiq, Iqtisodiyot va moliya vazirligida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tartibini belgilaydi.
Özbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik şaxslari, fuqaroligi bölmagan şaxslar vazirlikga şikoyat bilan murojaat etiş huquqiga ega.
Murojaatlar oğzaki, yozma yoxud elektron şaklda berilişi mumkin.
Murojaatlar, ularning şakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega.
Vazirlikning “Işonç telefoni”ga kelib tuşgan murojaatlar oğzaki murojaat sifatida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, röyxatga olinadi va körib çiqiladi.
Vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali yoki rasmiy elektron poçta manziliga kelib tuşgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va uşbu Nizomda belgilangan tartibda körib çiqiladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali kelib tuşgan şikoyatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan “Internet tarmoğida Özbekiston Respublikasining Hukumat portali töğrisida”gi nizom talablari asosida Nizomda belgilangan tartibda körib çiqiladi.
Ommaviy axborot vositalari tahririyatlaridan kelib tuşgan murojaatlar Qonunda hamda uşbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda körib çiqiladi.
Murojaatlar davlat tilida va boşqa tillarda berilişi mumkin.
Jismoniy va yuridik şaxslar yakka tartibda yoki jamoa bölib murojaat etiş huquqiga ega.
Murojaatlarga qöyiladigan talablar:
Jismoniy şaxsning murojaatida jismoniy şaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi ma’lumotlar bölişi kerak.
Yuridik şaxsning murojaatda yuridik şaxsning töliq nomi, uning joylaşgan joyi (poçta manzili) töğrisidagi ma’lumotlar körsatilgan bölişi kerak.
Jismoniy va yuridik şaxsning murojaatida davlat organining, taşkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor şaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) körsatilgan, şuningdek şikoyatning mohiyati bayon etilgan bölişi kerak.
Murojaatlarda murojaat etuvçining elektron poçta manzili, aloqa telefonlari va faks raqamlari körsatilişi mumkin.
Murojaat etuvçilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovçi hujjatlar ilova qilinişi kerak.
Yozma murojaat murojaat etuvçi jismoniy şaxsning imzosi yoki şikoyat etuvçi yuridik şaxs vakolatli şaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bölişi lozim.
Jismoniy şaxsning yozma murojaatini murojaat etuvçining imzosi bilan tasdiqlaş imkoni bölmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan şaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qöşimça ravişda yozib qöyilişi kerak.
Elektron murojaat belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, şu jumladan davlat organining, taşkilotning rasmiy veb-saytiga joylaştirilgan murojaat hisoblanib, mazkur murojaatlar qonunda belgilangan talablarga muvofiq bölişi kerak.
Jismoniy şaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi ma’lumotlar yoki yuridik şaxsning töliq nomi, uning joylaşgan joyi (poçta manzili) töğrisidagi ma’lumotlar körsatilmagan yoxud ular haqida yolğon ma’lumotlar körsatilgan, şuningdek identifikatsiya qiliş imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat anonim murojaat hisoblanadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligida murojaatlarni qabul qiliş, röyxatga oliş va körib çiqiş uçun yuboriş, şuningdek uning körib çiqilişini nazorat qiliş vazirlikning murojaatlar bilan işlaş bölimi xodimlari tomonidan amalga oşiriladi.
Murojaat yozma yoki elektron tarzda röyxatga olinişi mumkin.
Murojaatlarni beriş muddatlari, qoida tariqasida belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar bu vazirlikning murojaatlarni körib çiqiş böyiça imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini öz vaqtida amalga oşiriş va himoya qilişni ta’minlaş zaruratiga boğliq bölsa, şuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa asoslarga köra, şikoyatni beriş muddati belgilanişi mumkin.
Buysunuv tartibida yuqori turuvçi organga ariza yoki şikoyat jismoniy yoki yuridik şaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvçi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma’lum bölgan paytdan e’tiboran uzoği bilan bir oydan keçiktirmay beriladi.
Murojaat berişning uzrli sabablarga köra ötkazib yuborilgan muddati arizani yoki şikoyatni körib çiquvçi vazirlik tomonidan tiklanadi.
Jismoniy va yuridik şaxslar öz murojaatini u körib çiqilguniga qadar va körib çiqilayotgan paytda murojaat böyiça qaror qabul qilinib, yozma va elektron şaklda ariza beriş yöli bilan çaqirib oliş huquqiga ega. Bunday ariza tuşgan taqdirda murojaatni körib çiqiş töxtatiladi va uç kun mobaynida murojaat bojxona organining xati bilan murojaat qiluvçiga qaytariladi.
Murojaatlarni körib çiqiş muddati vazirlikka kelib tuşgan kundan boşlab hisoblanadi. Agar tegişli muddatning oxirgi kuni dam oliş va (yoki) bayram kunlariga töğri kelsa, keyingi iş kuni muddat tugaydigan kun hisoblanadi.
Murojaatni röyxatdan ötkazişni rad etişga yöl qöyilmaydi.
Vazir va vazir örinbosarlari, bunga vakolat berilgan boşqa mansabdor şaxsga ommaviy qabullar vaqtida tuşgan va joyida hal etilgan oğzaki murojaatlarni röyxatdan ötkaziş talab qilinmaydi. Bunda jismoniy şaxsning yoki yuridik şaxs vakilining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi ma’lumotlar, murojaatning qisqaça mazmuni, şuningdek, uni körib çiqiş natijasi ommaviy qabul bayonnomasida körsatiladi.
Röyxatga olingan murojaatlar kelib tuşgan paytidan boşlab bir iş kunidan keçikmay vazir yoki uning örinbosarlariga kiritiladi, u mas’ul tarkibiy tuzilma rahbarini belgilagan holda murojaat böyiça özining munosabat belgisini (rezolyusiya) qöyadi.
Rezolyutsiya (topşiriqnoma) qöyilgan paytdan boşlab iş kunining özida elektron dasturga kiritilib, ijroçilarga yuboriladi. Ijroçilar elektron dastur orqali yuborilgan murojaat va rahbar topşiriği bilan 1 kun muddatda tanişişi hamda ijrosi uçun tegişli çoralarni körişi lozim.
Vazirlikga kelib tuşgan murojaatlar vazirlikning iş yurituviga qabul qilinişi böysuniş tartibida vazirlikning tarkibiy hamda tasarrufiy quyi tuzilmasiga yuborilişi yoki tegişliligi böyiça boşqa davlat organiga yuborilişi mumkin.
Vazirlik vakolati doirasiga kirmaydigan masalalar böyiça kelgan murojaatlar beş kun muddatdan keçiktirilmay tegişli davlat organlariga vazir va vazir örinbosarlari, apparati tarkibiy tuzilmalari yoki hududiy boşqarmalar rahbarlari tomonidan imzolangan xat bilan yuboriladi hamda bu haqda murojaat qiluvçiga yozma yoxud elektron şaklda xabar qilinadi.
Murojaat körib çiqiş uçun asossiz ravişda boşqa davlat organlariga ötkaziş yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan şikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor şaxslarga yuboriş taqiqlanadi.
Agar şikoyatlarda ularni tegişli organlarga yuboriş uçun zarur bölgan ma’lumotlar mavjud bölmasa, u holda ular beş kun muddatdan keçiktirmay asoslantirilgan tuşuntiriş bilan murojaat qiluvçiga qaytariladi.
Murojaat töliq, xolisona va öz vaqtida körib çiqiş uçun qöşimça ma’lumotlar va materiallarga zarurat paydo bölgan taqdirda, mazkur murojaatni körib çiqayotgan ijroçi murojaat etgan jismoniy yoki yuridik şaxsdan, şuningdek öz vakolatlari doirasida boşqa davlat organlaridan qöşimça axborotni sörab olişi mumkin.
Agar axborot davlat sirini yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni taşkil etuvçi ma’lumotlarni öz içiga olgan bölmasa, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, bojxona organlari va ularning mansabdor şaxslari özlaridan söralayotgan axborotni ön kun içida taqdim etişi şart.
Vazirlik mansabdor şaxslariga kelib tuşgan va mazmunan hal etişi şart bölgan ariza yoki şikoyatlar ön beş kun mobaynida, qöşimça örganiş va (yoki) tekşiriş, qöşimça hujjatlarni sörab oliş talab etilganda bir oygaça bölgan muddatda körib çiqiladi.
Ariza va şikoyatlarni körib çiqiş uçun tekşiriş ötkaziş, qöşimça materiallarni sörab oliş yoxud boşqa çora-tadbirlarni köriş zarur bölgan hollarda, ularni körib çiqiş muddatlari vazirlik mansabdor şaxslari tomonidan, istisno tariqasida köpi bilan bir oyga uzaytirilişi mumkin, bu haqda murojaat etuvçiga xabar beriladi.
Murojaat böyiça muallifga asoslangan batafsil javob xati yuborilgandan söng Murojaatlar bilan işlaş bölimi(yoki guruhi) mas’ul xodimlari tomonidan nazoratdan yeçiladi.
Jismoniy şaxs va yuridik şaxs vakili vazirlik rahbariyatiga yoxud ularning mansabdor şaxslarga videokonferensaloqa vositasida şikoyat berişi, oldindan tasdiqlangan maxsus axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qöllagan holda video-konferensaloqa jadval orqali amalga oşiriladi.
Buning uçun murojaat etuvçi video-konferensaloqa örnatilgan tegişli vazirlikka belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qiladi. Ariza elektron şaklda berilişi mumkin.
