Ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha fikr almashildi
2025-05-27 14:15:00 / Vazirlik yangiliklari

Sessiya moderatori – BMT Taraqqiyot Dasturining inklyuziv oʻsish boʻlimi rahbari Ravshan Yunusov.
Panel sessiya ishtirokchilari:
• Ben Sley — BMTTD eksperti;
• Farida Djumaboyeva — Osiyo taraqqiyot banki Ijtimoiy va gender masalalari boʻyicha katta mutaxassisi;
• Dilfuza Nurmatova — “Hamroh” kompaniyasi direktori;
• Shahzod Omonov — Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi direktori;
• Nodira Shotursunova — Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari;
• Nazira Dadaxanova — Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Kichik biznes uchun maslahat dasturi bosh tahlilchisi;
• Farrux Maksumov — “C-Space” startap markazi direktori.
Mazkur panel sessiyada xalqaro tajribalar asosida ayollar va yoshlar uchun moliyaviy va infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish, sifatli ta’lim hamda zamonaviy raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, biznes yuritishda duch kelinayotgan to‘siqlar aniqlandi va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha fikr almashildi.
Ishtirokchilar o‘z chiqishlarida inklyuziv iqtisodiy o‘sishga erishishda ayollar va yoshlarning faolligini oshirish muhimligini ta’kidladi. Raqamli iqtisodiyot, elektron savdo platformalari, mentorlik dasturlari hamda startap ekotizimlarida ularning rolini kuchaytirish yuzasidan aniq tavsiyalar bildirildi.
Bundan tashqari, ta’lim va malaka oshirish tizimlarining moslashuvchanligini ta’minlash, moliyaviy savodxonlikni oshirish, ayollar uchun kafillik mexanizmlari yaratish hamda yoshlarning innovatsion loyihalariga sarmoya jalb qilish bo‘yicha xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati






