Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish
2025-07-19 14:32:00 / Davlat xususiy sheriklik e'lonlar
TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmonida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmonining 1-ilovasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan “maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari sektorini yanada qoʻllab-quvvatlash, uning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish” belgilangan.
Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida joylashgan 13-sonli umumtaʼlim maktabi hududining bo‘sh turgan yer maydonida xususiy tashabbuskor “GREEN POWER BUSINESS TECHNOLOGY” MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada 13-sonli umumtaʼlim maktabi (0,50 gektar) hududida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’limni tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Qiziqish bildirish uchun so'rov shakli; |
Loyiha konsepsiyasi; |
Loyiha to'g'risida ma'lumot. |
Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflarini 2025-yil 2-sentabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 23:59 gacha topshirilishi kerak.
|
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi |
elektron pochta manzili: info@uzedu.uz |
Telefon raqami: +998(55) 503-74-00 |
Manzil: 100011 Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko'chasi 2a uy |
|
Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz, Sarvarbek.Raximov@imv.uz |
Telefon raqami: +998(71) 203-50-50 (01925) |
Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy |
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.
elektron pochta manzili:
Telefon raqami: +998(55) 503-74-00
Manzil: 100011 Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko'chasi 2a uy