2024 yilda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida
2025-02-07 21:36:00 / Vazirlik yangiliklari
2024-yilda respublika bo‘yicha jami 248,6 trln so‘mlik qariyb 1,8 mlnga yaqin shartnomalar davlat xaridlari orqali amalga oshirildi. Shundan, 48,8 trln so‘mi yoki jami xaridlarning 20 foizi “yashil” xaridlar hisoblanadi. Raqobatli xaridlarni amalga oshirish natijasida 13,9 trln so‘m mablag‘lar iqtisod qilindi. 268 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari davlat xaridlari jarayoniga jalb etildi.
Davlat xaridlari siyosati departamenti direktori Nazarov Sarvar intervyu orqali batafsil ma’lumot berdi.
