Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tadbirkorlar uçun asosiy kafolatlar va ularning amaliy ahamiyati
2026-11-26 20:35:00 / Vazirlik yangiliklari

1. Qulay investitsiyaviy va işbilarmonlik muhitini ta’minlaş
Konstitutsiyada davlat zimmasiga qulay investitsiyaviy va işbilarmonlik muhitini ta’minlaş vazifasining yuklatilişi tadbirkorlikni rivojlantiriş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biri ekanini anglatadi.
Bu, öz navbatida, biznes subyektlari uçun barqaror va qulay şart-şaroitlar yaratiş, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda xususiy sektorning iqtisodiyotdagi örnini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
2. Tadbirkorlik faoliyatini erkin amalga oşiriş huquqi
Tadbirkorlarning qonunçilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oşiriş huquqining Konstitutsiya darajasida mustahkamlanişi iqtisodiy erkinlikning muhim kafolatidir.
Uşbu norma tadbirkorlarga qonunçilik talablariga rioya qilgan holda iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida öz biznesini yölga qöyiş, yangi loyihalarni amalga oşiriş va faoliyat kölamini kengaytiriş imkonini beradi. Bu esa tadbirkorlik taşabbuslari, yangi iş örinlari va iqtisodiy faollikning oşişi uçun zamin yaratadi.
3. Biznes faoliyati yönalişini mustaqil tanlaş huquqi
Tadbirkorlarning öz faoliyati yönalişlarini mustaqil ravişda tanlaş huquqi ularga biznesni taşkil etiş va rivojlantiriş böyiça qarorlarni mustaqil qabul qiliş imkonini beradi.
Jumladan, tadbirkor bozor talabini, mavjud resurslarini va iqtisodiy manfaatlarini inobatga olgan holda işlab çiqariş, xizmat körsatiş yoki savdo yönalişlarini belgilaşi, yangi mahsulot va xizmatlarni bozorga olib çiqişi mumkin. Bu tadbirkorlik taşabbuslarini rağbatlantiriş va biznesning özgaruvçan bozor şaroitlariga moslaşuvçanligini oşirişda muhim ahamiyatga ega.
4. Yagona iqtisodiy makon va resurslarning erkin harakatlanişi
Özbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablağlarning erkin harakatlanişi kafolatlanişi tadbirkorlik faoliyati uçun muhim imkoniyatlarni yaratadi.
Bu kafolat biznes subyektlariga mamlakatning turli hududlarida faoliyat yuritiş, mahsulot va xizmatlarini keng bozorga olib çiqiş, zarur mehnat resurslari hamda moliyaviy mablağlardan foydalaniş imkonini beradi. Natijada hududlar örtasidagi iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib, tovar va xizmatlar bozori kengayadi hamda iqtisodiy faollik rağbatlantiriladi.
5. Monopol faoliyatni qonun bilan tartibga soliş va çeklaş
Konstitutsiyada monopol faoliyatning qonun bilan tartibga solinişi va çeklanişi bozorda soğlom raqobat muhitini şakllantirişning muhim huquqiy kafolatidir.
Uşbu norma bozorda teng raqobat şaroitlarini ta’minlaş, raqobatga zid harakatlarning oldini oliş va tadbirkorlik subyektlarining bozorda faoliyat yuritişi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişga xizmat qiladi. Soğlom raqobat esa mahsulot va xizmatlar sifatining oşişi, yangi yeçimlar va texnologiyalarning joriy etilişi hamda iste’molçilar uçun tanlov imkoniyatlarining kengayişiga turtki beradi.
Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyada belgilangan mazkur kafolatlar tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy erkinligini ta’minlaş, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş hamda biznesni rivojlantiriş uçun mustahkam huquqiy asos yaratadi.
Tadbirkorlik uçun qulay şaroitlar, iqtisodiy erkinlik va soğlom raqobat muhiti esa investitsiyalarning köpayişi, yangi iş örinlarining yaratilişi, aholi bandligining oşişi va mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanişida muhim omil hisoblanadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boşqarmasi
