Parij bitimining 6-moddasi doirasida Özbekiston va Koreya hamkorligini kengaytiriş uçun 8,5 mln dollar grant jalb etildi
2026-11-25 14:00:00 / Press-relizlar

Uçraşuvda KOICAning texnik kömagi doirasida GGGI bilan hamkorlikda “Özbekiston tomonidan Parij bitimini amalga oşirişga kömaklaşiş va 6-moddaga muvofiq Koreya Respublikasi bilan birgalikdagi harakatlarni qöllab-quvvatlaş” loyihasini amalga oşiriş uçun 8,5 mln AQŞ dollari miqdorida grant mablağlarini jalb qiliş böyiça tegişli hujjatlar imzolandi.
Muloqot davomida Özbekistonning “yaşil” iqtisodiyotga ötiş jarayoni hamda uglerod birliklari savdosining me’yoriy va institutsional asosini yaratiş masalalari körib çiqildi. Loyiha doirasida Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasida uglerod birliklari savdosini yölga qöyiş böyiça tartib-qoidalar, qöllanmalar hamda qöşma harakatlar rejasi işlab çiqiladi. Bundan taşqari, uglerod loyihalarini tayyorlaş va boşqariş böyiça mutaxassislarni öqitadigan maxsus öquv markazi taşkil etilib, zarur jihozlar bilan ta’minlanadi va öquv dasturlari işga tuşiriladi. Qişloq xöjaligi, energetika va suv resurslari tarmoqlarida issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytirişga qaratilgan pilot loyihalarni hayotga tatbiq etiş ham grant mablağlaridan foydalanişning asosiy yönalişlaridan biri etib belgilandi.
Ma’lumot uçun, 2025-yilda KOICA moliyaviy kömagida GGGI amalga oşirgan Orolböyini “yaşil” tiklaş investitsiya loyihasi Qoraqalpoğistonda iqlimga moslaşuvçan qişloq xöjaligini rivojlantiriş, suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş hamda “yaşil” investitsiyalarni jalb qilişga xizmat qilgan.
Uşbu taşabbus KOICA va GGGIning Özbekistondagi “yaşil” rivojlaniş, iqlim özgarişiga moslaşiş va barqaror moliyalaştiriş borasidagi qöşma işlarini davom ettiradi. Mazkur loyiha Özbekistonning xalqaro uglerod bozorida iştirok etiş imkoniyatlarini kengaytirişi va mamlakatning iqlim maqsadlariga erişişiga yordam berişi kutilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boşqarmasi




